Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

 Buxoroda kollej hisobchilarining qing‘ir ishlari fosh etildi

 Buxoroda kollej hisobchilarining qing‘ir ishlari fosh etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining ochiq sud majlisida sudlanuvchilar B.N.Rajabov va B.H.Fayziyevalarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, ularga nisbatan tegishli hukm va jazo tayinlandi.

Ishonchli manbaning xabar berishicha ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi B.N.Rajabov Buxoro turizm kollejida bosh hisobchi vazifasida, B.H.Fayziyeva Buxoro turizm kollejida hisobchi lavozimida ishlab kelib, o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda bir guruh bo‘lib, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiruvchi — o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir etgan.

Jumladan, Buxoro turizm kolleji bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelib, mansabdor shaxs bo‘lgani holda mansab mavqeini suiiste’mol qilgan. U bosh hisobchi sifatida kollej hisobxonasi tomonidan hujjatlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va bajarilgan jarayonlarning qonuniy bo‘lishi ustidan dastlabki nazoratni amalga oshirishi kerak bo‘lsa-da, ushbu vazifalarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan. Natijada kollej hisobchisi B.H.Fayziyeva tomonidan 2017-2018 yilning 1-choragi davomida “Uz ASBO” dasturi orqali kollejning kasallik varaqasida bo‘lgan jami 29 nafar ish xodimlariga noto‘g‘ri oylik ish haqi hisoblangan, o‘rtacha ish haqi miqdori va ta’til kunlari noto‘g‘ri belgilangan, oxirgi hisob-kitob to‘lovi, o‘rtacha ish haqi miqdori noto‘g‘ri qo‘llangan va boshqa ishlar bo‘yicha byudjet mablag‘lari rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Bundan tashqari, B.Rajabov kollej bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelib, mansabdor shaxs bo‘lgani holda, mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan kollej hisobchisi H.B.Fayziyeva bilan jinoiy til biriktirib, u bilan bir guruh bo‘lib, H.B.Fayziyevaga bir guruh kollej o‘quvchilari hamda kollejda buyruq yoki mehnat shartnomasi tuzmagan bo‘lsa-da, fuqaro YA.YA.Sirojevlarni go‘yoki ular kollejda 2017-2018 yilning 1-choragi davomida o‘qituvchi vazifasida ishlagan qilib ko‘rsatib, ularning nomlariga AT “Turon bank” Buxoro filialida bank plastik kartalar ochishga ko‘rsatma berib, ular nomiga ochilgan bank plastik kartalariga “Uz ASBO” dasturi orqali tegishli summada oylik ish haqlarini H.B.Fayziyeva orqali yozdirib olib, ushbu pulni o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatgan. O‘ziga ishonib topshirilgan ancha miqdordagi byudjet mablag‘larini takroran o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan va shunga o‘xshash jinoiy ishlarni amalga oshirgan.

Sud majlisida sudlanuvchi o‘z aybiga iqrorligini, sodir qilgan jinoyatidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, ijtimoiy ahvolini inobatga olgan holda, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan Jinoyat kodeksi 45-moddasiga asosan 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, har oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Fayziyeva Hafiza Baxtiyorovnaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan Jinoyat kodeksi 45-moddasiga asosan 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, har oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 11:31 06.11.2018. O'qildi: 1507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!