Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Buxoroda kadastr xodimi va hokimlik mutaxassisi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Buxoroda kadastr xodimi va hokimlik mutaxassisi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Davlat kadastrlari palatasining Kogon tumani filiali muhandisi F.X. va tuman hokimligi bosh mutaxassisi S.R.lar fuqaro A.ning ishonchiga kirib pora berishga dalolat qilib, unga zaxiradagi yer maydonidan 50 gektarini ajratib berish evaziga 600 AQSh dollari va 1,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.

Kiritildi: 15:54 21.01.2022. O'qildi: 2494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!