Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Buxoroda ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.R. boshqa bir fuqaro Ye.ni tanishlari yordamida viloyat Perinatal markaziga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 5 mln so‘mni olganligi, shuningdek, fuqaro Z.ga chet davlatdan stomotologik uskuna keltirib berishi evaziga 4 000 AQSh dollari va 11,8 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Muborak tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman tibbiyot birlashmasi AKT xodimi M.E. fuqaro M.ni tanishlari yordamida ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dallilar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 19:37 17.10.2022. O'qildi: 1420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!