Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda ikki nafar ishchi tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

Buxoroda ikki nafar ishchi tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida Buxoro elektr tarmoqlari korxonasining uch nafar ishchi-xodimi ish jarayonida halok bo‘lgani xususida xabarlar tarqaldi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ulug‘bek O‘rinovning xabar qilishicha, halok bo‘lganlar Buxoro elektr tarmoqlari korxonasining emas, balki AJning «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari bo‘lishgan.

Vafot etganlar uch nafar emas, ikki nafar bo‘lishgan. «Qorako‘l» podstansiyasida 2 nafar yosh mutaxassis bilan o‘lim baxtsiz texnik hodisa tufayli sodir bo‘lgan. Ular Aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 500 kV kuchlanishli podstansiyada baxtsiz elektr to‘qnashuviga duch kelishgan. Yuqori kuchlanishli tokning zarbli urishi oqibatida 20 metr balandlikdan qulabtushishgan. Yigitlar tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay, voqea joyida halok bo‘lishgan»,-dedi Ulug‘bek O‘rinov.

Ma’lum bo‘lishicha, sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa to‘g‘risida shu kunning o‘zida tegishli organlarga xabar berilgan.Ayni paytda holat sabablari tegishli organlar tomonidan o‘rganilmoqda. «Marhum hamkasblarimizdan birining bir nafar, keyingisining ikki nafar farzandi bo‘lgan. Ularning oilasiga hamdardlik bildirgan holda, barcha kompensasiya to‘lovlari amalga oshirildi»,-dedi .

Kiritildi: 06:42 08.10.2024. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!