Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda ikki avtobus haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlandi

A A A
Buxoroda ikki avtobus haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Azia Star rusumli 01 540 VGA hamda Isuzu rusumli 80 206 ABA davlat raqam belgili avtobuslarning haydovchilari tomonidan Buxoro shahar ko‘chalarida svetoforning qizil chirog‘idan o‘tgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro viloyati YHXB axborot xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida qoidalarni chetlab o‘tgan haydovchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilishi ta’minlangan.

“Qoidabuzarlikka befarq bo‘lmagan jamoatchilik nazorati vakillariga minnatdorlik bildiramiz”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq Buxoro viloyatining Kogon tumanida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, ag‘darilgan avtobus ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 18:51 31.03.2024. O'qildi: 1321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!