Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda ayblanuvchi jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilindi. Nega?

Buxoroda ayblanuvchi jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilindi. Nega?

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudining 2013 yil 14 oktyabrdagi hukmiga ko‘ra, S.G O‘zbekiston Respublikasi JKning 209-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012 yil 05 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi Qarorining 1-bandi “a”kichik bandiga asosan jazodan ozod qilingan.

Sudning hukmiga ko‘ra, G.S Navoiy shahar IIB XCHK va FRB boshlig‘ining o‘rinbosari, pasport bo‘linmasi boshlig‘i B.F bilan oldindan jinoiy til biriktirib, u bilan bir gypyh bo‘lib, g‘arazgo‘ylik va boshqa maqsadlarni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1999 yildagi 55-sonli buyrug‘i 3-bo‘limining 57-bandi talablarini qo‘pol ravishda buzib, 2008 yil 15 aprel kuni D.Rni Navoiy shahar, M.Ko‘rpa ko‘chasi, 21-uy daftaridan doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun asoslovchi rasmiy hujjatlar bo‘lmasa-da hamda D.Rni ishtirokisiz, go‘yoki, ushbu ishga umuman aloqasi bo‘lmagan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning 2008 yil 29 fevraldagi da’vogar M.Bning javobgar D.Rga nisbatan Navoiy shahar 1-sonli davlat notarial idorasi tomonidan reestr kitobida 2006 yil 22 iyun kuni 1-2364-son bilan qayd etilgan qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi hal qiluv qarorini asos qilib olib, rasmiy hujjat hisoblangan yuqorida ko‘rsatilgan xonadon uy daftarining 7-varag‘idagi 11-raqam bilan qayd etilgan D.R va 12-raqam bilan qayd etilgan L.Rlarni "Sud qaroriga asosan" ro‘yxatdan chiqarilganligi haqidagi soxta yozuvlarni kiritib, imzo qo‘yish huquqi bo‘lmasa-da, imzolab, "ro‘yxatdan chiqarildi" yozuvli muhr bosib berib, D.Rning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan.

Sudlangan G.S hamda uning himoyachisi-advokat SH.Sh shikoyatida, G.Sning aybsizligi, harakatida jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli oqlov ajrimi chiqarishni so‘rashgan.

 G.Sning aybi jabrlanuvchining arizasi, sudga oid xatshunoslik ekspertizasining 2013 yil 05 iyuldagi 961-962-sonli xulosalari, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlari hamda jinoyat ishida mavjud boshqa dalillar bilan o‘z isbotini to‘liq topgan bo‘lib, qayd etilgan dalillarga sud hukmida atroflicha baho berilgan.

Birinchi bosqich sudi tomonidan G.Sni O‘zbekiston Respublikasi JKning 209-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topib  to‘g‘ri xulosaga kelgan, biroq uni sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning
64-moddasi 1-qismi “a” bandiga asosan javobgarlikdan ozod qilish maslasini muhokama qilmasdan, 2012 yil 05 dekabrdagi amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilib noto‘g‘ri xulosaga kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 64-moddasi 1-qismi “a” bandida ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tib ketgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi belgilangan.

G.Sva jinoyatni 2008 yil 15 aprelda sodir etgan bo‘lib, birinchi instansiya sudining hukmi chiqarilguniga qadar javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi apellyasiya instansiyasining 2019 yil 14 avgustdagi ajrimi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudining 2013 yil 14 oktyabrdagi hukmi o‘zgartirilib, sud hukmining G.Sga nisbatan 2012 yil 05 dekabrdagi amnistiya aktini tatbiq etish qismi bekor qilinib, G.Sni O‘zbekiston Respublikasi JKning 209-moddasi 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 64-moddasi 1-qismi “a” bandiga asosan javobgarlikdan ozod qilinib, jinoyat ishining unga oid qismi tugatildi.

 

    Z.Qurbonov,

ASH-3-06/163-19-sonli ajrimi

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro viloyat sudining

sudyasi

 

Kiritildi: 12:11 04.12.2019. O'qildi: 2070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!