Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Buxoro viloyatida 6 751 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Buxoro viloyatida 6 751 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro SH.A. umumiy bahosi 192 mln so‘mlik jami 6 751 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini G‘ijduvon tumanida o‘tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:00 05.11.2025. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!