Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev yangi lavozimga tayinlandi

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘.I.Barnoyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

«O‘ktam Isoyevich Barnoyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlansin va shu munosabat bilan Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etilsin», deyiladi farmonda.

O‘ktam Barnoyev muqaddam Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2008 yilning aprelidan 2010 yilning dekabrigacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. U 2016 yilning dekabridan buyon Buxoro viloyatiga hokimlik qilib kelayotgandi.

26 fevral kuni prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga binoan hukumat ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar ro‘y bergan, hujjat bilan bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilgandi.

 

 

Kiritildi: 18:47 28.02.2020. O'qildi: 4638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!