Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Butun dunyoda milliarderlar soni yetti foizga oshdi

Butun dunyoda milliarderlar soni yetti foizga oshdi

Dunyo bo‘ylab milliarderlar soni 2022-2023 yillar oralig‘ida 7 foizga oshib, 2376 nafardan 2542 nafarga, boyligi esa 9 foizga oshib, 11 trillion dollardan 12 trillion dollarga yetgan, deya yozmoqda “Daryo‘ yozmoqda.

Bu haqda Shveysariyaning UBS bankiga qarashli “Milliarderlarning 2023 yilga bo‘lgan ambisiyalari” saytida e’lon qilingan hisobotda aytiladi.

“Global miqyosda milliarderlar boyligi oxirgi 12 oy ichida qariyb 20 foizga kamayganidan so‘ng Yevropadagi iste’molchi va chakana savdo milliarderlari daromadi hisobiga qisman tiklandi. Umuman olganda, butun dunyo bo‘ylab milliarderlar soni so‘nggi bir yil ichida 7 foizga o‘sib, 2376 dan 2542 nafarga yetdi, boyliklari esa 9 foizga oshib, 11 trillion AQSh dollaridan 12 trillion AQSh dollariga yetdi”, — deyiladi hujjatda.

UBS ma’lumotlariga ko‘ra, innovasion texnologiyalar va sog‘liqni saqlash kompaniyalariga ega bo‘lgan milliarderlar so‘nggi o‘n yil ichida eng ko‘p boylik to‘plashgan bo‘lsa-da, sanoat kompaniyalari bilan shug‘ullanuvchi milliarderlarda 15 foizga yaxshilanishning dastlabki belgilari bor, “bu energiya almashinuvi va xarajatlarning o‘sishi sharoitida ham davom etishi mumkin”.

“Bu yilgi hisobot shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan yili boylik to‘plagan milliarderlarning aksariyati buni tadbirkorlik yo‘li bilan emas, balki meros orqali amalga oshirgan. Kelgusi 20 yil ichida bunday holat ko‘proq sodir bo‘lishini kutmoqdamiz, chunki mingdan ortiq milliarderlar 5,2 trillion dollardan ko‘proq mablag‘ni merosxo‘rlariga qoldirishi kutilmoqda”, — deya UBS’ning strategik mijozlar bo‘limi rahbari Benjamin Kavalli so‘zlaridan iqtibos keltiriladi hisobotda.

Shveysariyaning UBS kompaniyasi Credit Suisse kompaniyasi egasiga aylanganidan beri butun dunyo bo‘ylab 5,5 trillion dollarlik aktivlarni boshqaradi.

Kiritildi: 23:02 30.11.2023. O'qildi: 1468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!