"Quyi Chotqol GES"da har birining quvvati 22,5 MVt bo‘lgan 4 ta gidroagregat o‘rnatish mo‘ljallangan. Uning quvvati 125 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashga etadi.
GES to‘g‘oni Markaziy Osiyoda birinchi marta bosib zichlangan (ukatanniy) beton texnologiyasida qurilmoqda. Bunday to‘g‘on elektr energiyasiga talab keskin oshgan davlarrda ham rostlovchi quvvatlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.
"Quyi Chotqol GES"ini 2025 yilda Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirish rejelashtirilgan.