Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining Maydontol va Laylakcha bo‘limlari hududida sodir bo‘lgan yong‘in 11-iyul kuni soat 20:00 da to‘liq bartaraf etildi.
Yong‘inni bartaraf etishga Favqulodda vaziyatlar vazirligining O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus otryadi xodimlari, Mudofaa, Ichki ishlar, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklari, DXX Chegara kushinlari va tuman FVDT quyi tizimiga kiruvchi xizmatlar kuch va vositalari jalb etildi.