Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Bo‘stonliq chiqindilardan tozalandi

Bo‘stonliq chiqindilardan tozalandi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Eko-oromgoh 2026” doirasida plogging aksiyasi o‘tkazildi. Unda respublikaning barcha hududlaridan kelgan 300 ga yaqin yosh eko-faollar ishtirok etdi.

Aksiya davomida belgilangan hudud 400 kgga yaqin chiqindidan tozalandi. Yakunda Xorazm viloyati birinchi o‘rinni, Farg‘ona viloyati ikkinchi o‘rinni, Namangan viloyati esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, bugun eko-oromgoh doirasida yoshlarning sohaga oid bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan seminarlar o‘tkazilmoqda. Oromgohda, shuningdek, turli sport musobaqalari va intellektual o‘yinlar ham tashkil etiladi.

Kiritildi: 09:12 01.07.2026. O'qildi: 1570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik