Bugun 17 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Bundestag Sholsga ishonishdan bosh tortdi

Bundestag Sholsga ishonishdan bosh tortdi

Bundestag navbatdan tashqari yig‘ilishda Germaniya kansleri Olaf Sholsga ishonishdan bosh tortdi va shu bilan Germaniyada muddatidan oldin parlament saylovlariga yo‘l ochdi.

Yig‘ilgan 717 deputatdan 207 nafari Vazirlar Mahkamasining amaldagi rahbarini qo‘llab-quvvatlagan, 116 nafari betaraf qolgan.

Qayd etilishicha, 394 nafar parlamentariy Shols tomonidan yuborilgan ishonch so‘roviga qarshi ovoz bergan. Bundestag prezidenti Barbel Bas saylov natijalari haqida mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga xabar berishini aytdi.

Kiritildi: 22:21 16.12.2024. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!