Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Bundestag Iroqdagi Bundesver missiyasi vakolatini yana 15 oyga uzaytirdi

Bundestag Iroqdagi Bundesver missiyasi vakolatini yana 15 oyga uzaytirdi

Bundestag (Germaniya Federativ Respublikasi parlamenti) Iroqdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun nemis harbiylarini joylashtirish mandatini yana 15 oyga uzaytirdi.

Bu haqda DPA agentligi yozmoqda.

Unga ko‘ra, hozir bo‘lgan 539 deputatning aniq ko‘pchiligi missiyani davom ettirish uchun ovoz bergan, 93 nafari qarshi, 2 nafari betaraf qolgan. Yangi mandat 2026 yil 31 yanvargacha amal qiladi.

Bundesver Iroqni, jumladan, qo‘shinlarni tayyorlashda qo‘llab-quvvatlaydi va "Islomiy davlat" terrorchilik guruhining qayta tiklanishiga qarshi kurashga hissa qo‘shish niyatida.

Mandat missiya xodimlarining sonini 500 kishi bilan cheklaydi. Germaniya hukumati Iroqda missiyasini 2015 yilda, ISHID Suriya va Iroqning bir qismini egallab olganidan so‘ng boshlagan edi. Bundesver Iroq xavfsizlik kuchlarini, asosan yuqori martabali harbiy xizmatchilarni ISHIDga qarshi kurashga o‘rgatmoqda.

Kiritildi: 09:00 18.10.2024. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!