Bir odam hajga yo‘l oldi va uning arkonlarini talab etilgan ko‘rinishda bajardi. Ehrom bog‘lab tavofi qudumni (yangi kelish tavofini) ham aytilgan tartibda qildi. Keyin sa’yi qildi, so‘ngra Minoga bordi. Undan so‘ng Arafot vodiysiga yetib, u yerda turdi. Bore’ azza va jalla Arafotda unga tajalli qildi (O‘z marhamatini to‘la namoyon etdi) va u yig‘lab Allohga duo qildi. Alloh taolodan yordam berishini va uning tavfiqini so‘radi.
Endi ushbu fazlu marhamatni senga kim berdi? Kim senga ikrom ko‘rsatdi? Kim seni chaqirdi? Bular Allohning senga bo‘lgan muhabbati emasmi?!
Alloh senga fazlu marhamat ko‘rsatib, seni o‘z uyiga chaqirdi va seni o‘z uyida qabul qildi. Alloh seni qabul etdi. Sen haj arkonlarini bajarmoqdasan. Sening Arafotda turishingni qabul etdi. Sen Allohga zorlanib tavba tazarru’ qilding. Alloh qabul qilib Arafotdan Muzdalifaga bording. Endi sen ushbu Ilohga shukrlar qil.
Sizlarni ushbu arkonlarni bajarishga yo‘llagani kabi sizlar ham Allohni shunday zikr qilinglar. Aytingki; “Ey Robbim, men kim edimki, sen meni o‘z uyingga chaqirding. Men kim edimki, ushbu buyuk arkonlar bilan menga izzat ikrom ko‘rsatding. Agar sen meni yaxshi ko‘rmaganingda qasamki, sen meni ikrom qilmas eding. Modomiki sen meni yaxshi ko‘rar ekansan men sening mahbubingman. Ha shunday sen meni sevar ekansan“.
Agar biz Alloh uchun solih amal qilishga muvaffaq bo‘lsak - ushbu solih amal qaysi ish bo‘lishidan qat’iy nazar - bu nimaga dalolat etadi? Albatta bu Alloh taoloning bizlarni yaxshi ko‘rishiga dalolat etadi. Bunda biror shubhamiz bormi?
Allohga qasamki, agar Alloh sizlarni yaxshi ko‘rmaganida sizlarni bu yerda jamlamagan bo‘lar edi, agar Alloh yaxshi ko‘rmaganida meni bu yerga boshlab kelmas va sizlar bilan serob qilmas edi.
Muhammad Said Ramazon al-Butiy
Manba: azon.uz