Nyu-York sudi AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampga sobiq pornoaktrisa Stormi Deniyelsga pul to‘lash paytida Trump Organization moliyaviy hujjatlarini soxtalashtirish ishi bo‘yicha 10-yanvarda hukm chiqarishni belgiladi. Bu haqda sudning elektron bazasida e’lon qilingan hujjatda ma’lum qilingan.
Hujjatda: "Javobgar 2025-yil 10-yanvar kuni hukm eshitish uchun kelishi shart," deyilgan. Ta’kidlanishicha, Tramp sudga "shaxsan yoki virtual tarzda" qatnashishi mumkin. Saylangan Amerika rahbarining advokati 5-yanvardan kechiktirmay, himoyalanuvchining majlisda qay tarzda ishtirok etishga qaror qilgani haqida sudni xabardor qilishi lozim.
Shu tariqa, Tramp 20-yanvarda bo‘lib o‘tadigan inaugurasiyasiga 10 kun qolganida hukm qilinadi. “Sud hukm chiqarish uchun hech qanday qonuniy to‘siqlarni ko‘rmayapti va ayblanuvchi prezidentlik qasamyodini qabul qilgandan so‘ng unga nisbatan daxlsizlik muddati uzaytirilishidan xabardor, shuning uchun sud hukmni 2025-yilning 20-yanvarigacha belgilashi shart”, — dedi sudya Xuan Merchan.
U, shuningdek, Trampni haqiqiy qamoq jazosiga hukm qilish niyatida emasligini ta’kidladi. “Hozirgi bosqichda sud hech qanday ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashga moyil emasligini maslahat berish o‘rinli ko‘rinadi”, — deydi u.