Toshkent shahridagi hayvonot bog‘i 16 may, shanba kunidan qayta ochilishi sababli ota-onalar va ularning farzandlarini o‘z bag‘riga chorladi.
“Hayvonot bog‘imizdagi jonivorlar: jirafalar, begemotlar, fillar va boshqa hayvonlar sizlarni sog‘ingan va uchrashuvni intiq bo‘lib kutmoqda. Biz esa sayohatni sevuvchi yosh tashrif buyuruvchilar yuzida tabassum va quvonchni ko‘rmoqchimiz. Hayvonlar saltanatiga tashrif buyurib unutilmas taassurotlarga ega bo‘lasiz, degan umiddamiz. Sizlarni katta-kichik, ajoyib mavjudotlar jamlangan hayvonot bog‘imizda kutib qolamiz”, — deyiladi Toshkent hayvonot bog‘ining “Telegram”dagi kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent hayvonot bog‘i 19 martdan boshlab koronavirus sabab vaqtinchalik yopilgandi.