Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Bugun O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar va o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha rekord yangilandi

Bugun O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar va o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha rekord yangilandi

Afsuski, shu yilning 9 iyul kuni mamlakatimizda 472 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 275 nafari karantin muassasalarida, 190 nafari aholi orasida, 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 2 nafar, Buxoro viloyatida ham 2 nafar (shundan 1 nafari afg‘onistonlik), Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida esa 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Namangan va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 227 nafar fuqaro sog‘aydi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 11564 nafar bemordan 7287 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 63 foizni tashkil etmoqda. 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4226 nafar bemordan 42 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
 

Kiritildi: 00:03 10.07.2020. O'qildi: 9729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!