2027 yili Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan milliy terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Ar-Riyod shahrida Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi qur’ada 1-savatchadan o‘rin olgan.
Musobaqa 2027 yilning 7 yanvaridan 5 fevraliga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda 24 ta terma jamoa 6 guruhga bo‘lingan holda qit’a chempionligi uchun kurash olib boradi.