AQSh prezidenti Donald Tramp Eron sivilizasiyasini yo‘q qilish va mamlakatdagi “47 yillik rejim”ni tugatish bilan taxdid qildi.
"Bu kecha butun boshli svilizasiya yo‘q qilinadi va hech qachon qayta tiklanmaydi. Men bunday bo‘lishini xohlamayman, lekin, ehtimol, shunday bo‘ladi. Ammo bizda zolim rejimni o‘zgartirish imkoni tug‘iladi. Yangi rejimda radikallashuv kamayadi, aqlli onglar ustunlik qiladi. Ehtimol, ajoyib inqilob sodir bo‘lishi mumkin, yana kim bilsin…
Biz bugun kechasi dunyoning uzoq va murakkab tarixidagi eng muhim lahzalariga guvoh bo‘lamiz. Va nihoyat, 47 yillik tovlamachilik, o‘lim va korrupsiya o‘z poyoniga yetadi. Xudo Eronni o‘z panoxida asrasin!", — deb yozdi Oq uy rahbari Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Shu bilan birga, Fox News'ning yuqori lavozimli amerikalik mulozimga tayanib xabar berishicha, AQSh tunda Eronning asosiy neft xabi bo‘lgan Xarg oroliga zarbalar seriyasini yo‘llagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 7 aprelga o‘tar kechasi AQSh aviasiyasi oroldagi “o‘nlab harbiy nishonlarni vayron qilgan”. Pentagon hozircha bu ma’lumotni rasman tasdiqlagani yo‘q.