Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Bugun Erkin Vohidov haqidagi hujjatli filmning premyerasi bo‘lib o‘tadi

Bugun Erkin Vohidov haqidagi hujjatli filmning premyerasi bo‘lib o‘tadi

Bugun soat 18:00da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda O‘zbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda suratga olingan "Tirik sayyora" hujjatli filmi premyera qilinadi. Kinokartina O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida yaratilgan.

Ssenariy muallifi Xurshid Do‘stmuhammad, rejissyor Abduhalil Mignarov, operator Aziz Arziqulov

Kuni kecha Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, Abdulla Qahhor haqidagi filmlar premyera qilingandi. 29 sentyabrga qadar Cho‘lpon, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:27 19.09.2021. O'qildi: 1827 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!