Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Kann kinofestivali doirasida o‘zbek pavilioni ochiladi

Kann kinofestivali doirasida o‘zbek pavilioni ochiladi

Bugun Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov CNC'ning audiovizual hamkorlik masalalari bo‘yicha attashe Emmanuel Fosiyon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Kann festivali doirasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

14-25 may kunlari o‘tkaziladigan 77-Kann kinofestivali doirasida O‘zbekiston delegasiyasi o‘z pavilionini ochadi. Kinematografiya agentligi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi ushbu pavilion ochilishida ishtirok etadi.

Festival doirasida Fransiya milliy kinematografiya va animasiya markazi hamda Kinematografiya agentligi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanishi rejalashtirilgan. Kinematografiya agentligi va Fransiya Milliy Kino va animasiya markazi vakillarining so‘nggi 76-Kann kinofestivalida bo‘lib o‘tgan muzokaralari chog‘ida paydo bo‘lgan kelishuv loyihasi g‘oyasi bu yilgi kinofestivalda amalga oshiriladi. Memorandum 18 may kuni CNC pavilionida imzolanadi.

Shuningdek, Kann kinofestivalida 3 nafar o‘zbek rejissyori o‘zining yangi loyihalari bilan CNC tomonidan o‘tkazilayotgan pitchingda O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi.

Kiritildi: 20:35 26.04.2024. O'qildi: 1405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!