Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvi qahramoni nimalar dedi?

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvi qahramoni nimalar dedi?

O‘zbekiston U23 terma jamoasi chorak finalda Saudiya Arabistoni termasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindan keyin bellashuvdagi ilk golni urgan Husain Norchayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Bugungi g‘alabamizni butun xalqimizga bag‘ishladik. Barchani keyingi bosqich bilan tabriklayman. Endilikda yarim final o‘yiniga tayyorgarlikni davom ettirishimiz kerak.

Raqib haqida:
– Biz Saudiya Arabistoni bilan juda ko‘p marotaba o‘ynadik. Ularni o‘rganib chiqdik, murabbiylarimiz kuchli va kuchsiz tomonlari haqida ma’lumot berishdi. Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik.

Bu albatta yoqimli, biroq oldimizda yana muhim o‘yinlar bor. Maqsadimiz yo‘lida ushbu o‘yinlarda ham g‘olib bo‘lishimiz kerak.

Kiritildi: 00:10 27.04.2024. O'qildi: 3172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!