Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva MDHda yosh avlod orasida aloqlarni mustahkamlash haqida gapirdi, deb xabar qilmoqda TASS muxbiri.
“Men, ayniqsa, “Xotira poyezdi” va “Hamdo‘stlik bolalari” kabi gumanitar tashabbuslarni amalga oshirishning muhimligini ta’kidlamoqchiman <...>. Biz yana bir bor bunday loyihalar tarixiy xotirani mustahkamlashga, yoshlar orasida ajdodlarining qahramonligidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirishga va MDH mamlakatlari yosh avlodlari o‘rtasida do‘stlikni rivojlantirishga hissa qo‘shishini ko‘rdik”, - dedi O‘zbekiston Senati raisi.
MDH Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi tadbirlari 13-14 noyabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tmoqda, unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston delegasiyalari ishtirok etmoqda.