29 avgust kuni BMT Xavfsizlik kengashining Ukraina bo‘yicha favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda jahon tashkiloti organining yangilangan ish dasturi dalolat bermoqda.
Avvalroq Kiyev BMT Nizomining 34 va 35-moddalariga muvofiq "Ukrainada tinchlik va xavfsizlikni saqlash" mavzusida Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragani xabar qilingan edi.