Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Bug‘doy narxi arzonlashyapti

A A A
Bug‘doy narxi arzonlashyapti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 iyundagi 227 son qaroriga muvofiq joriy yil 3 iyuldan boshlab 2023 yil bug‘doy hosilidan vaqtinchalik saqlashga topshirilgan 3-sinf bug‘doy O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining birja savdolari orqali sotila boshladi.

Joriy yil 3-13 iyul kunlarida ochiq birja savdolari orqali 31,1 ming tonna bug‘doy qariyb 900 ta mahalliy g‘alla yetishtiruvchi fermerlar va g‘allachilik klasterlari tomonidan sotildi.

O‘tgan davrda birjada shakllangan bug‘doyning o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 2 663,0 ming so‘mni tashkil qildi. Birjada bug‘doy bo‘yicha shakllangan kotirovka uning boshlang‘ich narxiga nisbatan 1,2% ga o‘sdi.

Shu bilan birga, 6-13 iyul kunlarida o‘tkazilgan birja savdolari natijalariga ko‘ra 3-sinf bug‘doyning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 2 921,0 ming so‘mdan 2 610,0 ming so‘mgacha, ya’ni 10,6% ga pasaydi, deb xabar beradi O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining matbuot xizmati.

Bug‘doy uchun kunlik kotirovkalarning pasayishiga birja bozorining mazkur segmentida taklifning yetarli darajada bo‘lganligi o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatib kelyapti.

O‘tkazilayotgan birja savdolari davomida bug‘doy uchun birja narxlari talab va taklif asosida shakllanib, tuzilgan bitimlar doirasidagi barcha to‘lovlarni amalga oshirilishi birjaning hisob-kitob kliring palatasi orqali kafolatlanyapti.

Kiritildi: 11:32 14.07.2023. O'qildi: 3551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!