"Yuventus", PSJ klublari sobiq darvozaboni Janluidji Buffon o‘zi maydonda ko‘rgan eng kuchli o‘yinchi kim bo‘lganini aytdi.
"Men birga o‘ynagan eng zo‘r futbolchi? Bu savolga Neymar deb javob beraman. Fikrimcha, u beshta "Oltin to‘p"ga munosib edi.
Menda Zidan, Ronaldu, Messi va boshqa o‘yinchilar bilan bir maydonda harakat qilish imkoniyati bo‘lgan. Lekin Neymar haqiqatda boshqacha o‘yinchi edi", -deydi Janluidji Buffon.