Yaxshi bilasiz, Olimpiya o‘yinlari yakuniga ko‘ra eng yaxshi texnikaga ega bokschiga "Vel Barker" sovrini topshiriladi.
Bu yil Tokio Olimpiadasida eng yaxshi bokschi nomi aniqlanmadi. Nima uchun?
Ma’lumot uchun, ushbu sovrin AIBA (Xalqaro boks assosiasiyasi) tomonidan tas’is etilgan. Bu safargi Olimpiada esa AIBA tomonidan emas, maxsus komissiya tomonidan tashkil etildi.
Shu sababli ham bu yilgi Olimpiadada "Vel Barker" sovrini xech bir bokschiga topshirilmadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu sovrin so‘nggi marotaba Rio Olimpiadasida Hasanboy Do‘smatovga topshirilgandi.