Ukraina Qurolli Kuchlarining qarshi hujumi haqidagi maxfiy hujjatlarning oshkor etilishi Kiyevning G‘arb davlatlari bilan munosabatlariga putur yetkazmasligi kerak, dedi Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak.
"Bu hech qanday rejalarni chalkashtirib yubormaydi, chunki rejalar hali ham operativ-taktik jihatdan qayta ishlab chiqilmoqda", — deydi Podolyak.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu hujjatlarda aks etgan ma’lumotlarning bir qismi avvalroq ma’lum bo‘lgan, masalan, Ukrainada havo hujumidan mudofaa tizimlari yetishmovchiligi haqidagi ma’lumotlar.