Tarixda ilk bor marosim stadion tashqarisida bo‘lib o‘tadi, ya’ni Sena daryosida.
Rejaga ko‘ra, 26 iyul kuni har bir delegasiya alohida (taxminan 94 ta) qayiqda yurib o‘tadi.
Marosimni televizor yoki internet orqali tomosha qilayotgan tomoshabinlar sportchilarni yaqindan ko‘rishlari uchun barcha jamoa kemalari kameralar bilan jihozlanadi. Daryo bo‘ylab Sharqdan g‘arbga 10 500 nafar sportchi Parij markazini kesib o‘tadi.
Xabaringiz bor, bu yerda sportchilar keyingi 16 kun davomida O‘yinlarda o‘z mahoratlarini namoyish etadilar. Parad 6 kmlik marshrutni ichiga oladi va Trokadero oldida tugaydi, u yerda marosimning qolgan qismi va ochilishning yakuniy shousi tashkil etiladi.