Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bu nimasi endi? Musulmoncha nomlar qizlarning turmushga chiqishiga to‘sqinlik qiladimi?

Bu nimasi endi? Musulmoncha nomlar qizlarning turmushga chiqishiga to‘sqinlik qiladimi?

Hindistonning Rajastxan shtati hukumati uchta qishloqning nomi o‘zgartirilganini ma’lum qildi, deya habar bermoqda Indian Express.

Xususan, Ismoilpur qishlog‘i endi Pichanva Xurd, Muhammadpur qishlog‘i Medix Xeda, Navabpur esa Nay Sartxal deb ataladigan bo‘ldi. Sababi – juda antiqa. Mahalliy hindlar hukumatga murojaat qilib, hujjatlarda turar joylarining nomi musulmoncha qayd etilgani tufayli qizlari turmushga chiqa olmayotganini iddao qilgan. Shtat hukumati ularning talabini qondirgan holda qishloqlarning nomini o‘zgartirgan.

Xabarda aytilishicha, faqatgina qishloqlar emas, temiryo‘l stansiyalari va kichik shaharlarning nomlari ham hindchalashtirilyapti.

Kiritildi: 12:59 13.08.2018. O'qildi: 1943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!