Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Bryusselda sigaret qoldig‘ini yerga tashlaganlik uchun 200 yevro jarima joriy etildi

Bryusselda sigaret qoldig‘ini yerga tashlaganlik uchun 200 yevro jarima joriy etildi

Belgiya poytaxtida kelgusi yildan yerga sigaret qoldig‘ini tashlaganlik uchun jarima 200 yevrogacha oshiriladi. Bu haqda Bryussel meriyasi xabar berdi.

Meriyaning ma’lum qilishicha, shahar ko‘chalarida sigaret qoldiqlarini tashlash uchun maxsus idishlar o‘rnatiladi hamda yanvardan jarima miqdori 50 yevrodan 200 yevrogacha oshiriladi.

Shahar hokimiyatining izohlashicha, kommunal xizmatlar ko‘chalardan yig‘ishtiradigan chiqindining uchdan bir qismi aynan sigaret qoldiqlaridir. 

Meriyaning qayd etishicha, bir dona sigaret qoldig‘i 500 litrgacha suvni ifloslantirishi mumkin.

Sigaret qoldig‘i butunlay chirib yo‘q bo‘lib ketishi uchun 15 yil kerak bo‘ladi, ular qo‘rg‘oshin, simob, nikotin, kanserogen kabi zaharli moddalarni o‘zida saqlaydi.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 22:30 16.11.2019. O'qildi: 1752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!