Deputatlarning G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Moskvaga safari Yevroparlamentda norozilik keltirib chiqardi va ichki tergovga sabab bo‘ldi.
Bu haqda RIA Novosti Kipr parlamenti deputati, videobloger Fidias Panayotuga tayanib yozmoqda.
"Sizga shuni aytishim kerakki, bizning boshqa yevrodeputatlar bilan Moskvaga tashrifimiz Yevroparlamentga umuman yoqmadi, u allaqachon bizga qarshi tergov boshladi," - deya deputatning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Panayotuning so‘zlariga ko‘ra, deputatlar Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi kursiga norozilik bildirish uchun Rossiyaga borgan. U Bryusselning Ukrainadagi mojaro bo‘yicha harakatsizligidan charchaganini ta’kidlab, Kiyevga qurol yetkazib berish o‘rniga muzokaralar olib borishga chaqirdi.