Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Britaniyalik o‘smirlarning yarmi internetsiz dunyoni orzu qiladi

Britaniyalik o‘smirlarning yarmi internetsiz dunyoni orzu qiladi

16 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan britaniyaliklarning 46 foizi yoshligini internetsiz o‘tkazishni afzal ko‘radi.

Bu haqda The Guardian nashri sosiologik tadqiqotlar ma’lumotlariga tayanib yozmoqda.

Sosiologlar 16 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning deyarli 70 foizi ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazgandan keyin o‘zini yomon his qilishini aniqladi. Ularning 50% 22:00 dan keyin ma’lum ilovalar va veb-saytlarga kirishlarini cheklaydigan "raqamli komendantlik soati"ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tadqiqot ishtirokchilarining 25 foizi ijtimoiy tarmoqlarda kuniga to‘rt soatdan ko‘proq vaqt sarflashini tan oldi. 42% ota-onalari va vasiylariga Internetda nima qilayotganlari haqida yolg‘on gapirishlarini aytdi.

Xarakterli jihati shundaki, respondentlarning 27 foizi internetda o‘zini butunlay boshqa odamlardek ko‘rsatishini aytgan. Respondentlarning 40 foizi e’tiborni tortmaslik uchun anonim ravishda foydalanadigan akkauntga ega.

Tadqiqot Buyuk Britaniya hukumati ba’zi ijtimoiy media platformalarini ma’lum vaqtlarda yopilishini majburiy qilish rejalarini e’lon qilgan paytda amalga oshirildi.

Kiritildi: 08:53 20.05.2025. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!