Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Britaniyalik o‘smirlarning yarmi internetsiz dunyo haqida orzu qiladi

A A A
Britaniyalik o‘smirlarning yarmi internetsiz dunyo haqida orzu qiladi

16 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan britaniyalik yoshlarning 46 foizi o‘z yoshligini internetsiz o‘tkazishni afzal ko‘rardi. Bu haqda The Guardian nashri sosiologik tadqiqot natijalariga tayanib xabar berdi.

Sosiologlarning aniqlashicha, 16 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning deyarli 70 foizi ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazgandan keyin o‘zini yomonroq his qiladi. Ularning 50 foizi soat 22:00 dan so‘ng ayrim ilovalar va saytlarga kirishni cheklovchi “raqamli komendantlik soati”ni joriy etishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tadqiqotda ishtirok etganlarning 25 foizi kuniga to‘rt soatdan ortiq vaqtni ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazishini tan olgan. 42 foiz yoshlar esa internetda nima bilan shug‘ullanayotgani haqida ota-onasi yoki vasiylariga yolg‘on gapirishini ma’lum qilgan.

Qizig‘i shundaki, so‘rovnomada qatnashganlarning 27 foizi internetda o‘zini boshqa odam sifatida ko‘rsatishini aytgan. 40 foiz respondent esa anonim akkauntga ega ekanini bildirgan.

Tadqiqot Buyuk Britaniya hukumatining ayrim ijtimoiy tarmoqlarni ma’lum soatlarda majburiy o‘chirish imkoni haqidagi bayonotlari ortidan o‘tkazilgan.

Kiritildi: 23:19 20.05.2025. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!