Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Britaniyadagi eng boy oila xizmatchilarni ekspluatasiya qilgani uchun qamoqqa hukm qilindi

Britaniyadagi eng boy oila xizmatchilarni ekspluatasiya qilgani uchun qamoqqa hukm qilindi

Britaniyada shveysariyalik milliarder Prakash Hinduja (kelib chiqishi hind) va oilasining uch a’zosi uy ishchilarini ekspluatasiya qilgani uchun to‘rt yildan to‘rt yarim yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Hindujalar oilasi moliya bozori va boshqa sohalardagi biznes orqali milliardlab dollar ishlab topgan. Ularning aktivlari taxminan 44 milliard yevroga baholanmoqda. Sudda Prakash va Kamol Hinduja, shuningdek, ularning o‘g‘li Ajay va kelini Namrata Jeneva ko‘lidagi villasiga ishlash uchun asosan hindistonlik vatandoshlarni yollagani aniqlangan. Ishchilarning ba’zilari hatto o‘qish va yozishni ham bilmagan.

Villada ular kamsitilgan, pasportlari olib qo‘yilgan, haftasiga yetti kun, kuniga 18 soatgacha ishlashga majbur qilingan va ruxsatsiz uydan chiqishi taqiqlangan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, xizmatchilar ish soati uchun bir yevrodan kam pul olgan. Milliarderlar ularga hind rupiysida to‘lov qilgan va pullarni Hindistondagi hisob raqamlariga o‘tkazgan. Ammo ishchilarni mazkur hisob raqamlarga kirish imkoni bo‘lmagan. Xizmatchilarga nisbatan mazkur tizim uzoq yillar davom etgan.

Prakash Hinduja (78 yosh) va rafiqasi Kamol (75 yosh) 4 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Ularning o‘g‘li Ajay va uning rafiqasi Namrata 4 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. Sudlanuvchilarning hech biri hukm chiqarish jarayonida qatnashmagan.

Prokuror Iv Bertossa oilani “xodimlaridan ko‘ra o‘z itiga ko‘proq pul sarflaganlikda” ayblagan. Advokatlar hozirda Monako knyazligida davolanayotgan ba’zi oila a’zolarining sog‘lig‘i yomonini ta’kidlamoqda. Jeneva prokurori ularni zudlik bilan hibsga olishga chaqirgan.

Hindujalar oilasining himoyachilari hukm ustidan shikoyat qilmoqchi. Oila jabrlangan tomonlar bilan suddan tashqari kelishuvga erishgani aytilgan. Ushbu kelishuvning shartlari nimadan iboratligi noma’lum.

Kiritildi: 18:25 23.06.2024. O'qildi: 1161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!