Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Britaniyada noma’lum shaxslar mamlakatdagi eng mashhur daraxtlardan birini kesib tashlashdi

Britaniyada noma’lum shaxslar mamlakatdagi eng mashhur daraxtlardan birini kesib tashlashdi

Buyuk Britaniyaning mamlakatdagi eng mashhur daraxtlardan biri bo‘lgan Robin Gud daraxti kecha noma’lum kimsalar tomonidan kesilgan. Bu haqda RIA Novosti Nortumberlend milliy bog‘iga tayanib xabar berdi.

“Nortumberlend milliy bog‘i, afsuski, ko‘zga ko‘ringan daraxt... tunda qulaganini tasdiqlashi mumkin. U ataylab kesib tashlangan deb taxmin qilishimizga asosimiz bor”, — deyiladi xabarda.

Bir necha yuz yoshli daraxt 1991 yilda "Robin Gud: O‘g‘rilar shahzodasi" sarguzasht filmida paydo bo‘lganidan keyin mashhur bo‘lgan. Afsonaga ko‘ra, Robin Gudning uyasi Shervud o‘rmonidagi eman daraxtlaridan birida joylashgan, biroq filmni suratga olish uchun Angliya shimolidagi milliy bog‘dagi chinor ishlatilgan. 2016 yilda mashhur chinor hatto Angliyada "Yil daraxti" unvoniga sazovor bo‘ldi.

Kiritildi: 21:32 28.09.2023. O'qildi: 1807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!