Buyuk Britaniya va Irlandiyaga yog‘ilgan "Bert" shtormi uch kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.
Bu haqda BBC eshittirish korporasiyasi xabar berdi, bundan tashqari, bir necha o‘n minglab britaniyalik uylar elektr energiyasisiz qoldi.
BBC ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arbiy Yorkshir grafligida muzlagan va qor bosgan yo‘lda avtomobilni boshqarishni uddalay olmagan 34 yoshli erkak halok bo‘lgan. Nortgemptonshirda yana bir kishi ob-havoning keskin yomonlashuvi oqibatida YTHda vafot etdi. Xempshir grafligida shamol daraxtni qulatgan avtomobil haydovchisi tabiiy ofat qurboni bo‘ldi.