Bayonotda ta’kidlanishicha, Yevropaga qarshi har qanday jiddiy tahdidga Fransiya va Britaniya birgalikda javob beradi. Bu qaror Rossiyadan kelayotgan xavf va AQShning xavfsizlik kafolatlari borasidagi noaniqliklar ortidan qabul qilingan.
Britaniya yadroviy flotini Trident raketalari bilan jihozlangan suv osti kemalari orqali saqlaydi va yaqin vaqtda F-35A uchoqlarini ham yadroviy qurol bilan jihozlashni rejalashtirmoqda. Fransiya esa o‘zining mustaqil yadroviy arsenaliga ega — u podvod raketa tashuvchilar va harbiy aviasiyadan iborat.
Bu qaror Fransiya uchun muhim tarixiy qadam hisoblanadi. Parij avval NATOning yadroviy dasturlarida ishtirok etmagan va AQSh qurollarini o‘z hududida joylashtirishdan bosh tortgan edi. Endi esa Fransiya va Britaniya yadroviy siyosat va operasiyalar bo‘yicha qo‘shma kuzatuv guruhini tashkil etadi.
Mazkur yaqinlashuv 1995 yildagi ikki davlat o‘rtasidagi deklarasiyani eslatadi, lekin bu safargi qadam ochiq hamkorlik va amaldagi muvofiqlashuvni nazarda tutadi.
Shuningdek, tomonlar «Lankaster-Xaus 2.0» deb nomlangan yangi mudofaa shartnomasini imzolashdi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
yangi avlod «Storm Shadow» raketalarini birgalikda yaratish,
radioelektron kurash vositalarini ishlab chiqish,
sun’iy intellektni harbiy amaliyotlarda qo‘llash.