Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Britaniya Ukrainaga yana 650 ta ko‘p maqsadli Martlet raketalarini beradi

Britaniya Ukrainaga yana 650 ta ko‘p maqsadli Martlet raketalarini beradi

Buyuk Britaniya havo mudofaasini kuchaytirish uchun Ukrainaga qo‘shimcha 650 ta ko‘p maqsadli Martlet raketalarini yetkazib beradi.

Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi bayonotida aytiladi.

Qiymati 160 million funt sterlingdan (210 million dollar) ortiq yangi yordam paketi 6 sentyabr kuni AQShning Germaniyadagi Ramshteyn aviabazasida Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha G‘arbiy aloqa guruhining yig‘ilishi oldidan e’lon qilindi.

Yil oxirigacha Londondan Kiyevga Martlet raketalarining qo‘shimcha partiyasi yetkazilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 08:27 06.09.2024. O'qildi: 676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!