Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Britaniya Ukrainaga 350 ta zamonaviy ASRAAM havo mudofaa raketacini uzatadi

Britaniya Ukrainaga 350 ta zamonaviy ASRAAM havo mudofaa raketacini uzatadi

The Guardian nashrining yozishicha, Buyuk Britaniya Ukrainaga ASRAAM turidagi 350 ta zamonaviy PVO (havo mudofaasi) raketacini yetkazib beradi. Bu Britaniya tomonidan Rossiya aktivlaridan olingan daromad hisobiga amalga oshiriladigan birinchi harbiy yordam to‘plami hisoblanadi.

🚀 Bu raketalar Ukrainaga avvaldan yetkazilgan Raven PVO tizimlari uchun mo‘ljallangan. Hozirda ulardan 8 tasi allaqachon topshirilgan, yana 5 ta tizim yo‘lda ekani ma’lum qilindi.

🛠 ASRAAM raketalari avvaliga «havo-havo» sinfidagi raketa sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, keyinchalik erdagi himoya tizimlaridan otish uchun modernizasiya qilingan.

💷 Bu yetkazib berish Britaniyaning Ukrainaga harbiy yordam borasidagi eng yirik yillik majburiyati – 4,5 milliard funtlik dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 12:37 25.06.2025. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!