Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Britaniya Ukrainaga 22,4 million dollar ajratadi

Britaniya Ukrainaga 22,4 million dollar ajratadi

Buyuk Britaniya Chernobil atom elektr stansiyasini ta’mirlash ishlari uchun Ukrainaga 22,4 million dollar miqdorida moliyaviy yordam ajratadi.

Bu haqda 14 oktyabr kuni Britaniya hukumati rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ajratiladigan mablag‘lar, jumladan, atom elektr stansiyasidagi himoya inshootining ventilyasiya tizimini tiklash hamda uning foydalanish muddatini uzaytirishga yo‘naltiriladi.

Britaniya rasmiylari ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligini ta’kidlagan.

Ularning ogohlantirishicha, zarur ta’mirlash ishlari bajarilmasa, korroziya jarayonlari xalqaro hamjamiyatning ko‘p yillik sarmoyalari natijasida erishilgan yutuqlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Bunday vaziyat uzoq muddatli ekologik tahdidlarni yuzaga keltirishi, shuningdek, xavfsizlik bilan bog‘liq jiddiy xatarlarga sabab bo‘lishi ehtimoli bor.

Kiritildi: 11:45 15.10.2026. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik