Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni, agar Ukrainaga Rossiya ichkarisiga zarba berish uchun uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollardan foydalanishga ruxsat berilsa, NATO Moskva bilan «urush holatida» bo‘lishi haqida ogohlantirgani uchun «qo‘pollik»da aybladi.
«Menimcha, Putinning qilayotgan ishi osmonga chang otmoqda», dedi Lemmi BBC'ga.
«Ko‘p shov-shuvlar bor. Bu uning ish uslubi. U tanklar, raketalar, yadroviy qurollar bilan tahdid qilmoqda», - deya qo‘shimcha qildi u.
Lemmi Starmer Bayden va Zelenskiy o‘rtasidagi raketalardan foydalanish bo‘yicha muzokaralar shu oy oxirida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida davom etishini aytdi.