Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Britaniya tashqi ishlar vaziri: G‘arb “hech qachon Rossiyaga tahdid qilmagan”

Britaniya tashqi ishlar vaziri: G‘arb “hech qachon Rossiyaga tahdid qilmagan”

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning Rossiya hududiy yaxlitligiga tahdid tug‘ilgan taqdirda xalqni himoya qilish uchun barcha vositalarni ishga solishga tayyorligi haqidagi bayonotini sharhlar ekan, CNN telekanaliga bergan intervyusida G‘arb davlatlari hech qachon Rossiyaga tahdid qilmaganini aytdi.

“Biz hech qachon Rossiyaga tahdid qilmaganmiz, uning hududiy yaxlitligiga tajovuz qilishga urinmaganmiz”, — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Shuningdek, u Ukrainaga yordam ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini e’lon qildi.

Avvalroq Putin agar Rossiya hududiy yaxlitligiga tahdid tug‘ilsa, rus xalqini himoya qilish uchun barcha vositalar qo‘llanilishini aytgan edi.

Kiritildi: 18:40 21.09.2022. O'qildi: 2928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!