Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Britaniya restoranlaridan biridagi taomdan marvarid chiqdi

Britaniya restoranlaridan biridagi taomdan marvarid chiqdi

Britaniyalik erkak restoranda o‘zi buyurtma qilgan midiyadan (mollyuska turi) marvarid topib, uni sevgilisiga sovg‘a qildi. Bu haqda VVS xabar berdi.

Nashrning yozishicha, juftlik ayolning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun restoranga borgan. Erkak buyurtma qilingan dengiz ovqatlaridan birini yeyayotganida og‘zida qattiq narsani sezgan va uning kichik marvarid toshi ekani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng, erkak uni o‘zi bilan kelgan ayolga sovg‘a qilgan.

“Men o‘z vaqtida midiya va shunga o‘xshash dengiz ovqatlarini ko‘p iste’mol qilganman va bunday holat hech qachon bo‘lmagan. Google da uning qanchalik kamyob narsa ekani haqida qidirdim va menimcha, bu 10 000 tadan bitta holatda yuz beradi”, – dedi ayol.

Ma’lum bo‘lishicha, juftlik tashrif buyurgan restoranda har hafta 25 kg midiya sotiladi, biroq o‘sha kuni birinchi marta uning ichidan marvarid chiqqan.

Kiritildi: 22:25 24.09.2024. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!