Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Britaniya qo‘shinlari Ukraina g‘arbida askarlarni tayyorlash uchun joylashtirilishi mumkinligini aytdi, deb yozadi The Times.
Nashr Starmer va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi suhbat natijalariga ko‘ra shunday xulosaga keldi, ular ukrainalik askarlar uchun Britaniyaning Interflex o‘quv dasturini muhokama qildilar va Ukrainaning jang maydonidagi imkoniyatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha taklifini takomillashtirish muhimligi to‘g‘risida kelishib oldilar.
The Times nashrining yozishicha, bu hozirda Buyuk Britaniyaga uzoq safarlarni talab qiladigan mashg‘ulotlar jarayonini soddalashtirishi va ukrainaliklarning front chizig‘iga borishdan oldin tayyorgarlikdan o‘tishi va jihozlanishiga ishonchni oshirishi mumkin.