Britaniya hukumati qul savdosi uchun tovon to‘lash bo‘yicha munozarani davom ettirish niyatida emas, dedi bosh vazir Kir Starmerning matbuot kotibi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Avvalroq, Karib havzasi hamjamiyatining reparasiya komissiyasi (CARICOM) raisi Xilari Bekls Britaniyaning tovon to‘lash bo‘yicha pozisiyasi yangi leyboristlar ma’muriyati tufayli o‘zgarishi mumkinligiga umid bildirgan edi. Biroq Starmer vakilining aytishicha, bu mavzu kun tartibida emas.
«Biz kompensasiya to‘lamaymiz. Kechirim so‘rash bo‘yicha pozisiya ham o‘zgarishsiz qolmoqda. Biz uzr so‘ramaymiz», dedi vakil.