2025 yilda Braziliya raisligida BRIKS sammiti 6—7 iyul kunlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi TASS.
Braziliya 1 yanvardan BRIKSga raislik qilmoqda.
2024 yilda birlashmaga Rossiya rahbarlik qildi, uning raisligidagi asosiy voqea 22-24 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Qozon sammiti bo‘ldi. Hamkor davlatlar toifasini yaratishga qaror qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziya BRIKSga rasman qo‘shilgani ma’lum bo‘lgandi. Belarus ham rasman BRIKS hamkoriga aylandi.