Braziliya harbiy-havo kuchlari bir tonnadan oshiq kokainga ega ikkita samolyotni ushlashdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar bermoqda.
Boliviya bilan chegaradosh Kampu-Grandi shahri yaqinida samolyotlarni ushlash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan ikkita operasiya davomida harbiy-havo kuchlari to‘rtta “ Super Tucano A-29” qiruvchi samolyoti va “FAB E-99” vertolyotidan foydalanishgan. Shundan so‘ng jinoyatchilar taslim bo‘lishgan.
Birinchi samolyot bortida 450 kilogramm, ikkinchi samolyotda esa 700 kilogramm kokain topilgan. Polisiya birinchi kema uchuvchisini hibsga olgan, ammo ikkinchisi qochishga muvaffaq bo‘lgan: hozirda qidirilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, giyohvand moddalarni Boliviyadan olib kirishga urinishgan.