Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdo operasiyalarida yuandan foydalanish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda Pekinda bo‘lib o‘tgan Braziliya—Xitoy biznes-forumida Xitoy savdo vaziri o‘rinbosari Guo Tingting ma’lum qildi.
Endi davlatlar valyutalarini AQSh dollariga konvertasiya qilmasdan turib, transchegaraviy operasiyalarni bevosita amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
“Braziliya bilan yuanda to‘lov bo‘yicha kelishuv imzolandi, bu savdomizni ancha osonlashtiradi. Biz oziq-ovqat va mineral xom ashyo sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqchimiz, Xitoydan Braziliyaga va Braziliyadan Xitoyga yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini qidiramiz”, — deydi vazir.